YouTube kanallar uchun AI studiya

Mavzudan tayyor videogacha — bitta oqimda

Senariy, ovoz, rasm, montaj, subtitr, SEO va YouTube Studio'ga yuklash — hammasi bitta kabinetda. Bitta videodan o'zbek, ingliz va rus kanallaringiz uchun uchta nusxa.

~14 daq8 daqiqalik video, boshidan oxirigacha
13vizual uslub, bitta tanlov bilan
3 tiluz · en · ru — bitta videodan
1 tugmaYouTube Studio'ga metadata bilan
Ishlab chiqarish oqimiOddiy rejim
  1. 1Mavzu va tilsiz
  2. 2Senariy + grammar + aqida tekshiruviAI
  3. 3Ovoz (uch tilda)AI
  4. 4Sahna rasmlari va kliplarAI
  5. 5Montaj: ovozga sinxron, subtitr, musiqaavto
  6. 6SEO: sarlavha, tavsif, teglarAI
  7. 7YouTube Studio'ga yuklash → siz tasdiqlaysizsiz
Qanday ishlaydi

Beshta savol — tayyor video

Oddiy rejimda sehrgar beshta savol beradi, qolganini server bajaradi. Tabni yopsangiz ham jarayon davom etadi, qaytganingizda natija turadi.

01

Mavzu

Bir jumla yetadi. Izohlar yozsangiz — hisobga olinadi.

02

Til

O'zbek, ingliz yoki rus. Keyin qolgan ikkitasiga nusxa qilasiz.

03

Format

Shorts 35 s (9:16), 3 daqiqa yoki 8 daqiqa (16:9).

04

Uslub

13 preset; bir nechtasini tanlasangiz videolar orasida navbatlashadi.

05

Ovoz

Diktor ovozi yoki ovozsiz — ma'no ekran matnida.

Oddiy rejim standart

Bitta chiziqli sehrgar, har qadamda bitta savol. Yangi foydalanuvchi uchun.

Pro rejim 11 qadam

Har bosqich alohida: senariyni tahrirlash, sahna promptlari, kasting, langar rasm, sahna-sinxron montaj, nashr navbati.

Uslublar

13 vizual uslub

Har kadr aynan tanlangan uslubda yaratiladi. Yuz ko'rinmaydigan uslublar (siluet, soya, orqadan, ramziy) ham bor — kontent turi va auditoriyaga qarab.

Imkoniyatlar

Kanal yuritish uchun kerak bo'lgan hamma narsa

Har bo'lak alohida asbob: matn modeli, ovoz, rasm generatori, montaj — va hammasi bitta oqimga yig'ilgan.

🌐

Bir video — uch kanal

Tarjima nusxasi senariyni o'giradi, rasm, klip, musiqa va sahna bog'lamalarini qayta ishlatadi. Ovoz yangi tilda qayta yaratiladi.

🕌

Aqida tekshiruvi

Islomiy kontent uchun: matn siz tahrirlaydigan mezonlar asosida tekshiriladi, hadis iqtiboslari va manbalar nazoratda.

🎯

Ovozga sinxron montaj

Har sahna diktor aynan shu so'zni aytganda almashadi — so'z vaqtlari ovoz yaratilganda o'lchanadi.

💬

Subtitr va SRT

Ekranga kuydirilgan subtitr (bitta gap — bitta karta) va YouTube uchun alohida SRT — qidiruv trafigi uchun.

🎵

Musiqa kutubxonasi

Fon treklari nutq bilan qanchalik to'qnashishi o'lchanadi; yangi trek AI bilan ikki variantda yaratiladi.

🔠

Vox tipografiya

Rasm ustida yirik raqam, sana va izoh — matnni AI chizmaydi, dastur qo'yadi: buzuq harf yo'q, tarjimada almashadi.

🗺️

Xarita-explainer

Geografiya va tarix uchun dasturiy xaritalar: hudud ajratiladi, daryolar nomlanadi, kamera sayohat qiladi.

📅

Nashr navbati

Har kanalga o'z jadvali va vaqti; navbat sanalarni o'zi hisoblaydi, chiqqan videolar belgilanadi.

📤

YouTube Studio'ga yuklash

Fayl, sarlavha, tavsif, teglar va AI e'loni avtomat to'ldiriladi. Publish tugmasini faqat siz bosasiz.

Narxlar

Kreditli hisob — qancha ishlatsangiz, shuncha yopiq beta

Flat tarif yo'q: eng arzon va eng qimmat video orasida 40 barobar farq bor, shuning uchun har video o'z narxida hisoblanadi. Kredit — ishlatilgan AI resursining o'lchovi.

Bitta video taxminan nechta kredit

VideoTarkibiKredit
Xarita-explainer15 daqiqadasturiy xarita + stok foto + ovoz≈ 600
Vox uslub9 daqiqa115 kollaj rasm + ovoz + montaj≈ 1 600
Shorts35 soniya7 rasm + langar + 4 s klip + montaj≈ 3 600
Uzun 3D multfilm8 daqiqa116 sahna, personaj referensi bilan≈ 20 700

Raqamlar haqiqiy videolardan o'lchangan; har operatsiya narxi kabinetdagi "bu video nechaga tushdi" hisobida ko'rinadi. Tarjima nusxasi rasm va musiqani qayta ishlatgani uchun deyarli tekin.

Kredit paketlari

Narxlar yuklanmoqda…

  • Operatsiyadan oldin narx ko'rsatiladi — balans manfiyga tushmaydi
  • Provayder xatosi bo'lsa kredit yechilmaydi
  • Kredit muddatsiz; to'lov — kartaga o'tkazma, Payme yoki Click

Kabinetga kirish

Savollar

Tez-tez so'raladi

YouTube'ga qanday yuklanadi?

Kabinetdagi "YouTube'ga qo'yish" tugmasi Studio'ni ochadi, faylni biriktiradi, sarlavha/tavsif/teglar va AI e'lonini to'ldirib "Visibility" qadamigacha olib boradi. Publish yoki Schedule tugmasini siz bosasiz — qaytarib bo'lmaydigan qadam avtomatlashtirilmaydi.

Video kontenti kimniki?

Senariy, ovoz, rasmlar va montaj sizning mavzuingizdan yaratiladi — tayyor videolar ko'chirilmaydi, "reused content" siyosatiga tushmaydi. AI bilan yaratilgan realistik kadrlar YouTube talabi bo'yicha belgilanadi.

Qaysi tillar qo'llanadi?

O'zbek, ingliz va rus — senariy, ovoz, subtitr, SEO va interfeysning o'zi. Bitta videodan boshqa ikki til uchun nusxa bir tugma bilan.

Aqida tekshiruvi majburiymi?

Islomiy kontent uchun mo'ljallangan; mezonlar faylini kabinetda o'zingiz tahrirlaysiz. Tekshiruv natijasi tavsiya — yakuniy qaror sizniki.

Birinchi videoni bugun yasang

Beshta savol, 10–15 daqiqa, tayyor mp4 + SRT + SEO paketi.

Kabinetga kirish